Sotuvchilar uchun
Do‘kon yoki xizmatingizni qo‘shing
Sahro Koreyadagi o‘zbek do‘konlari, xizmatlari va tadbirlarini bir joyga jamlaydi. E’lon joylash bepul. Mijoz so‘rovi to‘g‘ridan-to‘g‘ri sizga keladi, to‘lovni mijoz bilan o‘zingiz kelishasiz.
1. Qanday ishlaydi
- Telegram botda ro‘yxatdan o‘tasiz: ism, shahar, do‘kon yoki xizmat nomi va qisqacha tavsif.
- Sotuvchi qoidalariga rozilik bildirasiz.
- Arizani moderator ko‘rib chiqadi va profilingizni faollashtiradi.
- Bot orqali mahsulot, xizmat yoki tadbir qo‘shasiz: rasm, tavsif va narx.
- Mijoz so‘rov yuborganda botga xabar keladi, siz mijoz bilan bog‘lanasiz.
2. Kimlar qo‘shila oladi
- Do‘konlar: oziq-ovqat, kiyim, kosmetika va boshqa mahsulotlar.
- Xizmatlar: kurslar, taksi, yuk tashish, tarjima, ta’mirlash, maslahat va boshqalar.
- Tashkilotchilar: uchrashuv, sayohat va hamjamiyat tadbirlari.
3. Nimani bilish kerak
Mahsulot va xizmatlaringiz uchun o‘zingiz javob berasiz. Faoliyatingiz Koreya qonunlariga mos bo‘lishi kerak: biznes ro‘yxati, soliq va vizangiz shartlari sizning zimmangizda.
Sahro to‘lov qabul qilmaydi va komissiya olmaydi.
Savol va murojaatlar: wtokhir@gmail.com