Sahro
Sotuvchi qoidalari
Oxirgi yangilanish: 2026-10-05
Sahro’da do‘kon yoki xizmat profilini ochgan har bir egasi quyidagi qoidalarga rozilik bildiradi. E’lon joylash bepul.
1. Javobgarlik egasida
Siz o‘z e’lonlaringiz, mahsulot va xizmatlaringiz sifati, narxi, yetkazib berish va qaytarish uchun to‘liq javob berasiz. Sahro sizning nomingizdan sotmaydi va to‘lov qabul qilmaydi.
Faoliyatingiz Koreya qonunlariga mos bo‘lishi kerak: biznes ro‘yxati (사업자등록), onlayn savdo xabarnomasi (통신판매업 신고), soliq va vizangiz shartlari sizning zimmangizda.
2. E’lon talablari
- Haqiqiy rasm, to‘g‘ri tavsif va aniq narx.
- Mavjud bo‘lmagan mahsulotni e’lon qilmaslik.
- Mijoz so‘roviga imkon qadar 24 soat ichida javob berish.
3. Taqiqlangan mahsulot va xizmatlar
- Dori-darmon va retsept bilan beriladigan vositalar.
- Soxta (kontrafakt) brend mahsulotlari.
- Bojsiz, shaxsiy foydalanish uchun olib kirilgan tovarlarni qayta sotish.
- Import ro‘yxatidan o‘tmagan kosmetika va oziq-ovqat.
- Tamaki, alkogol, qurol va boshqa cheklangan tovarlar.
- Norasmiy pul o‘tkazmalari va valyuta ayirboshlash.
- Soxta hujjat, viza yoki ish joyi va’da qiluvchi xizmatlar.
- Qonunga zid har qanday boshqa tovar yoki xizmat.
4. Mijoz ma’lumotlari
Sizga yuborilgan mijoz ismi, telefoni va manzilidan faqat shu so‘rovni bajarish uchun foydalaning. Ularni boshqalarga bermang va reklama tarqatish uchun ishlatmang.
5. Qaytarish
Koreya qonunchiligiga ko‘ra, onlayn xaridlarda xaridor odatda tovarni olganidan keyin 7 kun ichida xariddan voz kechish huquqiga ega. O‘z qaytarish shartlaringizni mijozga oldindan aniq aytib bering.
6. Qoidabuzarlik
Shikoyat tasdiqlansa, e’lon olib tashlanadi. Takroriy yoki jiddiy qoidabuzarlikda profil yopiladi.
Savol va murojaatlar: wtokhir@gmail.com